Xerardo Martino: Xetafega qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi - Fabregas

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 08:30
Barselona bosh murabbiyi Xerardo Martino Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasidagi Xetafega qarshi kechgan o'yindan (4:0) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, raqib esa bitta gol urishga haqli o'yin namoyish etdi.

Messi uch daqiqa ichida ikkita gol urdi, uning qaytishi xuddi kinolardagidek bo'ldi, ammo menimcha bugungi o'yinning eng yaxshi o'yinchisi Fabregas (u ham dublga erishdi). Umuman barcha futbolchilar jamoaga foydam tegsin deb o'ynashini istayman, – deydi Martino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru