Xennessi "Kristal Pelas"ni "Byornli"ga almashtirdi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2021, 19:29
Uelslik darvozabon Ueyn Xennessi APLda o'ynashda davom etadi.

"Byornli" rasmiy sayti darvozabon Ueyn Xennessi bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi. 

34 yoshli uelslik "Byornli" bilan 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.  

Alohida aytish kerak, transfer bepul amalga oshdi, chunki Xennessi o'tgan mavsum yakunlangach, erkin agentga aylangandi.  

"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsumda "Kristal Pelas" tarkibida atigi bir o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: burnleyfootballclub.com