Xenderson: "Jerrard - uzoq yillardan beri premer-liganing eng yaxshi futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2014, 11:17
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson jamoa sardori Stiven Jerrard haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
"Jerrardning mahoratiga shubha yo'q. Ko'p jamoalar unga shaxsiy "qo'riqchi" qo'yishadi va shu narsaning o'zi ham uning darajasini anglatib turadi. U tanqidga munosib deb o'ylamayman. Jerrard men uzoq yillardan beri ko'rib kelayotgan eng yaxshi futbolchi va hozir ham shunday" - deydi Xenderson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com