Xemes "Real"ga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
31 mar 2018
"Las-Palmas" bosh murabbiyi Pako Xemes LaLiga doirasida "Real"ga qarshi uchrashuv haqida to'xtaldi.

"Qiyin vaziyatdan chiqib kyetish uchun qancha ochko kerakligini bilmayman. Bu juda ko'p kichik faktorlarga bog'liq. Oldin men LaLigada qolish uchun 31-32 ochko olsak etadi deb o'ylagandim.

Endi oldimizdagi barcha o'yinlarda, jumladan "Real"ga qarshi bahsda ham g'alaba qozonishimiz talab etiladi. Biz Primeroda qolishimiz uchun yutish lozim, shunday boshqa jamoalar bilan ishimiz bo'lmaydi", - dedi Xemes.

30-turdan keyin "Las-Palmas" turnir jadvalining 18-qatorini egallab turishibdi. Ular 17-o'rindagi "Levante"dan 6 ochkoga ortda qolishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca