Xedira bir yilda ham YCHL ham JCHni yutgan 10-futbolchi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 09:05
Real va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira bir yil ichida ham Yevropa chempionlar ligasi, ham Jahon chempionatida g'olib bo'lgan 10-futbolchiga aylandi.
Oldinroq bunday natijaga Franc Bekkenbauer, Paul Braytner, Uli Xeness, Yupp Kappelman, Zepp Mayer, Gerd Myuller, Xans-Georg Shvarcenbek (barchasi – Germaniya), Kristian Karambe (Fransiya), Roberto Karlos (Braziliya) kabi futbolchilar erishishgandi.

Eslatib o'tamiz, Xedira JCH-2014 finalidagi Argentinaga qarshi o'yinni (1:0) jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru