Xavi "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
23 noya 2018, 20:57
"Al Sadd" futbolchisi Xavi "Oltin to'p"ning bo'lajak egasini taxmin qildi.

"Oltin to'p"ni francuzlardan biriga berish kerak. Chunki Jahon chempionati - katta sovrin. 2010 yilda "Oltin to'p"ni ispaniyalik futbolchi olmaganidan xafa bo'lganmiz. Hozir esa barchasi adolatli bo'lishi kerak. Mundial barchasidan ustun.

Agarda ularning jamoasini e'tiborga oladigan bo'lsak, Grizmann - asosiy yulduz. Odamlar Varan haqida gapirishmoqda. Biroq Fransiya termasidagi asosiy tanlov Grizmann va Mbappening o'rtasida bo'ladi.

Nima uchun Modrich emas? U so'nggi uch YCHLning g'olibi bo'ldi, mundialning finaliga chiqdi. Unga "Oltin to'p" berilsa ham adolatdan bo'ladi", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER