Xavi: "Jamoada biroz bo'lsa-da, o'sish bor"

Mirjalol Normatov
9 may 2022, 22:31
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa boshqaruvini qo'liga olganidan keyin o'sish haqida gapirdi.

"Gap mening muvaffaqiyatimda emas, gap jamoaning umumiy o'sishida. Kuman ham bu yerda yaxshi ishladi, biroq biz boshqacha yo'ldan ketishni istaymiz.

Qayerda ekanligimni yaxshi bilaman, tanqidlarga sabr bilan chidayapman. Menimcha, jamoada biroz bo'lsa-da, o'sish bor. Noyabr oyida yaxshi holatda emasdik deganimda Kumanni tanqid qilmaganman. Fakt, "Barselona" rostdan ham juda yomon holatda edi. "Espanol"ga qarshi ilk o'yinimdan keyin esa jamoadagi o'sish ko'rina boshlandi. Ko'p emas, ozgina.

Xotirjamman. Klub rahbariyatidan mamnunman. Biz bir oilamiz, barcha qarorlar qabul qilib bo'lingan. Gap jamoa haqida ketmoqda. Balki bir kun kelib bu erni tark etsam ham jamoaning o'yinlarini kuzatishda davom etaman", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal