Xavi: "Enrike – juda yaxshi va qobiliyatli murabbiy"

Sherzod Nurmatov
10 okt 2021, 19:20
Qatarning "Al-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Luis Enrike va "qizil furiya" ko'rsatayotgan futbol haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Enrike – juda yaxshi va qobiliyatli murabbiy. U sendan ko'p narsani talab qiladi va futbolchilariga ko'p narsani beradi. Luis juda jasur.

Men haqiqatan ham o'zimni bu Ispaniya jamoasining uslubida ko'ra olaman.

Bu uslub ustida ko'p yillar davomida ishlangan – to'p bilan muomala qilishda raqibdan ustunlik qilish va har doim hujum qilishga intilish", – dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport