Xavi: "Bu mavsum men uchun 99,9%ga oxirgisi bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2018, 14:02
"Al-Sadd"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Xavining so'zlariga ko'ra, u joriy mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

"Men klub bilan Osiyo Chempionlar ligasida g'olib bo'lmoqchiman. Joriy mavsum men uchun 99,9%ga oxirgisi bo'ladi. 39 yoshda futboldan charchash normal holat. Murabbiylik faoliyati haqida o'ylab ko'rdim. UEFA Pro kurslarini yakunladi. Orzuim - "Barselona"ni boshqarish. Hozir anons yoki xayrlashuv uchun kerakli payt emas, ammo kelajakda nima qilishimni aniq bilaman" - deydi Xavi.

Joriy mavsum Xavi "Al-Sadd" safida 2ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi. U 17 yil davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport