Xavi "Barselona"ning bugungi mashg'ulotini bekor qildi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2024
PSJdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Xavi "Barselona"ning bugungi mashg'ulotini bekor qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvaliga Xavi "Real"ga qarshi bahs oldidan futbolchilarda kichik tatil berishni reja qilmagan edi. Ammo "Barselona"ning Chempionlar ligasini tark etishi jamoadagi atmosferaga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Bazi futbolchilar Ilkay Gyundoganning tanqidiy fikrlariga etiroz bildirishdi. Shu sababli bosh murabbiy va murabbiylar shtabi kiyinish xonasidagi salbiy kayfiyatni yo'qotish uchun bugungi mashg'ulotni bekor qilishdi.

Bugun "Baselona" bazasiga jarohatdan tiklanish uchun faqat Serji Roberto, Pedri va Gavi kelishgan.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi bahs yakshanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As