Xavi “Barselona”ni tark etishga qaror qildi va bu haqda yaqin kunlarda e'lon qiladi

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2014, 16:53
“Barselona” yarim himoyachisi Xavi Ernandes shu yozda kataloniya klubini tark etishga qaror qildi va bu haqida tez-orada rasmiy bayonot beradi.
Bu to'g'risida “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda. Xavi bu yangilikni bir necha haftadan so'ng e'lon qilmoqchi edi, ammo Ispaniya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini erta tugatishi sabab, bu ishni kechiktirmoqchi emas.

Xavi bu mavsum jamoani tark etgan “Barselona”ning uchinchi sardori hisoblanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com