Xarri Keyn: "Bavariya"da sovrinlar yutishni istayman. YCHL g'olibligi uchun keldim"

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 18:46
Hujumchi Xarri Keyn "Bavariya" bilan YCHLni yutish niyatida ekanligini aytdi.

"Faoliyatimni faqatgina Angliyada o'tkazganman. Yangi ligaga, yangi raqiblarga o'rganish kerak. Bundesligada kuchli jamoalar juda ko'p. Barcha muxlislar "Bavariya"ning chempionligini kutishadi. Biroq yildan yilga raqiblar ham kuchayib bormoqda, buni biz "Leyptsig"ga qarshi o'yinda ko'rdik.

Albatta, transfer qaroriga kelish juda qiyin bo'ldi. "Tottenxem"da 19 yilni o'tkazdim, bu klub yuragimning bir qismi bo'lib ulgurgan. Lekin ketish vaqti yetib kelganini tushundim. Sovrinlar yutishni istayman. "Bavariya" men bilan aloqaga chiqqanida, u erga ketish kerakligini tushundim.

Oldinda katta yo'l boryu Biroq fakt shundaki, YCHLning finali "Uembli"da bo'ladi. Bu erga YCHL g'olibligi uchun keldim. Asosiy maqsadim - YCHLda g'olib bo'lish", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern & Germany