Xamesning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 18:10
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi.

"Marca" xabariga ko'ra, 27 yoshli kolumbiyalik tizzasini bog'lab turuvchi bog'lamining jiddiy jarohati tufayli 2018 yilda maydonga qaytmaydi.

Ayni damda u qo'ltiqtayoqda yurmoqda.

Eslatib o'tamiz, uning transfer huquqi hali ham "Real"ga tegishli. Oldinroq "Bavariya" Xamesni 42 mln evro evaziga transfer qilishni istamayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca