Xames “Sautgempton”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
22 okt 2020
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti Xames Rodrigesning APL 5-turi doirasida o'tgan “Mersisayd derbisi”da olgan jarohati haqida gapirdi.

“Afsuski, Xames o'yin vaqtida (”Liverpul” bilan) muammolarga duch keldi. Bahs avvalida u Virjil van Deyk bilan to'qnashib ketdi. O'ylashimcha, Xames “Sautgempton”ga qarshi o'ynamaydi”, deydi Anchelotti.

Kolumbiyalik joriy mavsum chempionatda 5 o'yinda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatishga ulgurdi. “Everton” esa 13 ochko bilan jadvalda peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Sautgempton” – “Everton” uchrashuvi 25 oktyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal