Xames Rodriges "Vulverxempton"ga ko'chib o'tishi kutilmoqda

11 mar 2020, 02:36
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"El Desmarque" nashri xabariga ko'ra, "Vulverxempton" klubi mutasaddilari kolumbiyalik xavbek transferi borasida amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Ayni paytda "bo'rilar" jamoasi vakillari futbolchining Xorxe Mendesh bilan muzokara olib borishmoqda. Shuningdek, Xamesga "Atletiko", "Everton" hamda "Valensiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli Rodriges La Liganing joriy mavsumida 7 o'yinda maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qildi.

Avvalroq "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "keksa sinora" safida Xamesni ko'rishni xohlayotgani haqida xabar qilingan edi:

Ronaldu sobiq jamoadoshini Turinga chorlamoqda

O'xshash yangiliklar


Manba: El Desmarque