

Neapolliklar Xamesning bir mavsumlik ijarasi uchun Realga 10 mln. evro o'tkazishi talab qilinadi. Shuningdek, klub futbolchini 30-40 mln. evro atrofidagi mablag'ga sotib olish imkoni ham paydo bo'ladi.
Oldinroq, Napoli kolumbiyalik xavbekni to'g'ridan-to'g'ri 55 mln. evroga transfer qilishni xohlamagandi.
Xames Rodrigesga Manchester Yunayted hamda Yuventus tomonidan ham qiziqish bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Rodriges Napoli bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan qirollik klubida birga ishlagandi.



