Xames bir yarim oy maydonga tusha olmaydi

18 noya 2019, 23:29
“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges chap oyog' tizzasi bo'g'imidan jarohat olgan, deya xabar bermoqda qirollik klubi rasmiy sayti.

As nashrinig xabari berishicha, ushbu jarohati bois futbolchi 6 hafta maydonga tusha olmaydi.

Shu tariqa kolumbiyalik futbolchi 18  dekabrda o'tadigan “El Klassiko”da, umuman 2019 yil hisobidan boshqa maydonga tushmaydi.

Xames 15 noyabr kuni Kolmubiya terma jamoasi mashg'ulotlarida jarohat olgandi. Tibbiy ko'rikdan o'tiboq futbolchi “Real” safiga qaytgandi.

Xames “Real” safida so'nggi bor YCHL guruh bosqichida “Galatasaray”ga (1:0) qarshi  maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Реал" клуби расмий сайти