Xamann: “Messi bir-ikki yil oldingidek o'yinga kuchli tasir eta olmaydi”

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2014, 15:02
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ditmar Xamann Messi final uchrashuvida o'yin taqdirini hal qilishiga ishonmaydi.
“Agar Germaniya terma jamoasi yakshanba kuni g'olib bo'lsa, ularni bizning mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi jamoa deb atash mumkin. Jamoa Kroos, Xedira va Shvaynshtayger bilan dunyoning eng kuchli maydon markaziga ega. Fikrimcha, argentinaliklar ikki markaziy hujum buzuvchilar bilan o'ynaydi.

Messi bor kuchini namoish etishiga ishonmayman. Ilk uchrashuvlarda u juda yaxshi ko'rindi, ammo so'nggi ikki o'yinda u to'liq tayyor emasligiga ishonch hosil qildim. U bir-ikki yil oldingidek o'yinga kuchli tasir eta olmaydi” – deydi Xamann.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com