Xalk: “Xitoy normal hayotga qaytdi”

Eldor Akmurzayev
2 may 2020
“Shanxay SIPG” hujumchisi Xalk koronavirus pandemiyasidan keyin Xitoydagi ayni holat haqida gapirib berdi.

“Endi bemalol barcha normal hayotga qaytdi deb aytishimiz mumkin. Biroq, hali hamon xavfsizlik qoidalariga rioya etishimiz zarur bo'ladi.

Xitoy hukumati qanday jiddiy ishlarni amalga oshirganini ko'rdingiz. Bu esa vaziyatni qo'lga olish imkonini berdi. Shu tufayli natija tezda qo'lga kiritildi”, deydi braziliyalik.

Avvalroq, Xitoy 2021 yilga qadar futboldan voz kechmoqchiligi haqda xabar tarqalgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Globo Esporte