Xalk farzandlari bilan "Zenit"ga minnatdorlik bildirdi

27 sen 2019, 21:50
"Zenit" sobiq forvardi, ayni paytda "Shaynxay SIPG" klubida o'ynayotgan Xalk instagram sahifasida bolalari bilan peterburgliklar formasini ushlab tushgan suratini joyladi.

Suratda 33 yoshli hujumchi, uning o'g'illari Ian va Tyago, shuningdek o'gay qizi Alisa "Zenit" futbolkasini ushlab turganini ko'rish mumkin. Rasmga braziliyalik futbolchi shunday so'zlarni yozdi: "Spasibo seme "Zenit".



Xalk 2012-2016 yillarda "Zenit" sharafini himoya qilgan va Rossiya chempioni, kubok va superkubok sohibiga aylangan. U peterburgliklar safida 148 ta o'yinda 76 ta gol urgan. U faoliyati davomida "Vitoriya" (Braziliya), "Kavasaki Frontale", "Konsadole Sapporo", "Tokio Verdi" (Yaponiya) va "Portu" jamoalarini sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia