Xakim Fuzaylov: "Zaxira bo'yicha muammolarimiz bor"

Khoja
29 may 2024, 11:00
Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Xakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nimalarni aytish mumkin? Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Chetlatish ham o'yinga ta’sir qildi. Umumiy aytganda uchrashuv davomida yomon o'ynamadik. Zaxirada ham variantlarimiz ko'p emasdi.

- Chetlatishga qadar jamoa ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- Uchrashuv videosini ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Hakamlar ishini muhokama qilish niyatim yo'q. Shunday qaror beribdimi, demak asoslari bor. Yigitlar ayrim vaziyatlarda ulgurmay qolishdi. Aytib o'tganimdek, bizda zaxira tanlovlari bo'yicha muammolar bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia