"Xayduk" g'alaba qozondi, Temurxo'ja Abduxoliqov 75 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2014, 08:25
Xorvatiya chempionatida 30-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Splitning "Xayduk" klubi o'z maydonida "Split" klubini qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Temurxo'ja Abduxoliqov 75 daqiqa harakat qildi.

"Xayduk" 30 uchrashuvdan 58 ochko to'plab musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. Klub keyingi bahsni 16 aprel kuni "Xrvatski Dragovolyac"ga qarshi safarda o'tkazadi.

"Xayduk" - "Split" 1:0
Gol:
M.Pasalich 40

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia