Xabib Nurmagomedov Rossiya terma jamoasiga Salohni qanday to'xtatish kerakligini aytdi

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018, 11:33
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Rossiya terma jamoasiga JCH-2018da misrlik Muhammad Salohni qanday to'xtatish bo'yicha maslahat berdi.

Misr terma jamoasi mundialda "A" guruhida rossiyaliklar bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi.

"Terma jamoamiz uni (Muhammad Salohni) qanday to'xtatishi mumkinligini bilaman. Shunchaki unga viza bermang" - deb yozadi Xabib Nurmagomedov "Instagram"da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/khabib_nurmagomedov