Whoscored: SSKA futbolchisi guruh bosqichi ramziy terma jamoasiga kirdi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018, 16:40
12 dekabr kuni Chempionlar ligasining guruh bosqich o'yinlari yakunlandi.

Atletiko, Borussiya (Dortmund), Barselona, Tottenxem Xotspur, Pari Sen-Jermen, Liverpul, Portu, Shalke-04, Bavariya, Ayaks, Manchester Siti, Lion, Real, Roma, Yuventus va Manchester Yunayted Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga chiqdi.

WhoScored nashri guruh bosqichida o'zini ko'rsata olgan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi. Ushbu jamoada SSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich ham bor. U turnirning 6ta uchrashuvida 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining ramziy terma jamoasi

Sizning ramziy terma jamoangizda bu futbolchilar bormi?

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia