

Bazida darvozabonlar maydondagi o'yinchilarning raqamlarini olishadi. Masalan, Viviano Sampdoriya safida 2-raqamda o'ynagan. To'purar posbon Rojerio Seni esa 01 raqamida o'ynardi.
Ruy Patrisiu esa yangi klubi safida 11-raqamni oldi.

Vulverxemptonda 1-raqam 15 yildan buyon jamoada o'ynab kelayotgan Karl Ikemega tegishli. Nigeriyalik futbolchi so'nggi bor 2017 yil mart oyida maydonga tushgandi. O'shanda unda oqqon kasalligi aniqlangandi.
2017/18 yilgi mavsumda Vulverxempton chempionshipda g'olib bo'ldi va APLga qaytdi. Ikeme faqat davolandi. Uzoq muddatli kimyo terapiyasidan so'ng Karl tuzaldi. Iyul oyida u faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Karl – o'tgan mavsumdan boshlab bizning ilhom parimiz, – deydi bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu. – U o'zining qatiyatligi bilan bizga ishonch bag'ishladi. U bizning do'stimiz. U jamoaga kelib yigitlar bilan gaplashib turadi. Kuchli erkak. Karlning hurmati uchun 1-raqamni unga qoldirdik.
Ruy Patrisiu klubning qarorini hurmat qildi va hech qanday muammosiz boshqa raqamni oldi, Buffon, Kasilyas, Shmeyxel kabi mashhur darvozabonlar Ikemeni qo'llab-quvvatlashdi.
Shanba kuni Ruy Patrisiu APLdagi birinchi o'yinida maydonga tushdi va Everton vakili Risharlisondan ikkita gol o'tkazib yubordi (2:2).




