“Vulverxempton” forvardi faoliyatining oxirigacha peshonabog'da o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
20 may 2021
“Bo'rilar” hujumchisi Raul Ximenes boshidan og'ir jarohat olib, jarrohlik amaliyotini o'tkazgandi.

Taxminlarga ko'ra, meksikalik keyingi mavsum safga qaytadi.

Biroq, u faoliyatining oxirigacha peshonabog' (maxsus tibbiy bog'ich) bilan o'ynashiga to'g'ri keladi.

O'tgan yil noyabrida “Arsenal” bilan o'yin vaqtida Ximenes David Luis bilan to'qnashib kyetib, boshiga qattiq zarb tegishi oqibatida maydonda xushini yo'qotgandi.

Raul 2020/21 yilgi mavsum “Vulverxempton” safida 11 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun