"Vulverxempton" APLda chempion bo'lmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 16:39
"Vulverxempton" himoyachisi Mett Doerti klub egalarining kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

"Vulverxempton" egalari birinchi mavsumni kuchli ettilikda tugatib, evrokuboklarda ishtirok etmoqchi. Keyingi besh yoki olti yil APL chempionligiga qaratiladi.

Bunday loyihaning bir qismi bo'lish juda yoqimli, biz yo'l boshidamiz. Rejalar amalga oshganda klubda bo'laman deb umid qilaman" - deydi Doerti.

"Vulverxempton" ayni damda APL turnir jadvalida 16 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Express and Star