"Volfsburg" Bazurni sotib olganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2016, 23:32
"Volfsburg" o'z safiga 20 yoshli "Ayaks" yarim himoyachisi Rixedli Bazurni qo'shib oldi.

Futbolchi nemis klubi bilan 4,5 yillik shartnoma tuzdi va yanvar oyida "bo'rilar" tarkibida ro'yxatdan o'tadi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra Germaniya klubi uni 12 million evroga sotib oldi.

Wikipedia ma'lumoti

Rixedli Bazur 1996 yil 12 oktyabr kuni Gollandiyaning Utrext shahrida tug'ilgan. 184 sm bo'yga ega markaziy yarim himoyachi. 2013 yildan professional futbolda o'ynab kelmoqda. Dastlab "Ayaks" klubi yoshlari safida 2014 yildan "Ayaks" klubi asosiy tarkibida o'ynashni boshlagan. Gollandiya terma jamoasi safida hozirga qadar 6ta o'yin o'tkazgan.  


Saytimizning Youtube saytidagi kanaliga obuna bo'ling - youtube.com

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vfl-wolfsburg.de