Vohid Shamsai O'zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Абдулвосит Бектемиров
25 sen 2024, 21:20
Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid Shamsai saytimizga kichik intervyu berdi.

Eron futzal terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 final doirasida Marokashga qarshi bahs olib borishidan xabaringiz bor. Uchrashuv ertaga soat 17:30 Buxorodagi "Universal sport kompleksida bo'lib o'tadi. Eron terma jamoasining o'yin oldidan o'tkazilgan rasmiy mashg'ulotidan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Vohid Shamsai O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirib o'tdi.


"O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalarning natijalari meni xafa qildi. O'zbekiston terma jamoasidagi bir nechta asosiy futzalchilarning jarohat olgani yakuniy natijaga ta’sir qildi. Ikki mamlakatda ham futzal rivojlanib borayotgani aniq. O'zbekiston Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgani bunga yaqqol isbot bo'la oladi. Afsuski, ular keyingi bosqichga chiqa olishmadi, ammo Afg'oniston pley-offga yo'l oldi" - deya fikr bildirdi Vohid Shamsai.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia