"Vodiy futboli": Otaqo'ziev "Qo'qon-1912"ning to'purari

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2015, 15:09
Vodiy klublari ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashdi.

"Neftchi": "Sardor Rahmonov: Farg'onalik futbol ishqibozlari – "Chempion muxlislar"

Klub himoyachisi Sardor Rahmonov "Neftchi" haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Klubda barcha futbolchilar bilan birdek inoqmiz. “Neftchi”da o'zgacha muhit hukm suradi. Futbolchilarning yaxshi o'ynashi uchun rahbariyat, murabbiylar shtabi tomonidan barcha imkoniyatlar muhayo qilingan.  Lekin, “Neftchi”ning eng katta yutug'i – bu shubhasiz, muxlislar. Men farg'onalik futbol ishqibozlarini – “Chempion muxlislar” deyman.

Eng avvalombor har jamoaning muhlislari besh karra chempionlik baxtiga sazovor bo'lmagan. Qolaversa statitistikaga qaraganda O'zbekiston chempionatida eng ko'p muxlisga ega jamoa ham aynan – “Neftchi”dir. Men muxlislarimizga rahmat aytaman. Faqat, ulardan kichkina bir iltimosim bor edi. Bazan o'yinimiz chiqmay qolsa yoki kutilmaganda yutkazib qo'ysak, biz o'yinchi va murabbiylardan ranjishmasin, kezi kelganda aytish kerak, bo'lar-bo'lmasga bizga qarab  yomon hayqiriqlar qilishmasin. Axir futbolchi va murabbiylar “Neftchi”ni g'olib bo'lishidan eng manfatdorlarku.

Yutishni barchamiz hohlaymiz, lekin mag'lubiyat bo'lganda sodiq muxlislarimiz, bizlarni yonimizda, birgalikda og'ir kunlarni yashashni xohlardim. Muxtasar qilib aytganda, men endi “Neftchi” uchun bor kuch-g'ayratimni ayamay, Farg'ona futbolini yuksaklarga ko'tarishgan tayyorman", - deydi Sardor Rahmonov.


"Qo'qon-1912": Nosir Otaqo'ziev birinchi davra to'purari

Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubi birinchi davrada 15ta o'yinda 12ta gol urdi. Shundan 4tasini Nosir Otaqo'ziev raqib darvozasiga urdi. Aynan Otaqo'ziev klubda eng ko'p gol urib to'purar bo'ldi.

Bundan tashqari Orif Mamajonov (3ta), Nodir Qo'ziboev (2ta), Aziz To'xtaboev (1ta), Bahodir Akramov (1ta) ham birinchi davrada o'z hisobiga gol yozib qo'yishdi.
 

"Andijon": Doniyor Usmonov bilan Akbar Xodjaevga javob berildi

Kecha "Andijon" jamoasi "Sog'lom Avlod" stadionida mashg'ulotlarni boshladi. Hozircha bosh murabbiy Edgar Gess jamoa bilan birga emas.

Birinchi davrada jamoada o'ynagan Doniyor Usmonov bilan Akbar Xodjaevga javob berildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia