"Vodiy futboli": "Neftchi" bugun G'uzorga qarab yo'lga chiqadi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2015, 14:50
Vodiy klublari ikkinchi davra oldidan so'nggi transferlarni amalga oshirishmoqda.

"Qo'qon-1912": Igor Golban 25 yoshga to'ldi

Bugun jamoamizning mahoratli himoyachisi, muxlislarning yoqimtoy futbolchisi rossiyalik legioner Igor Golbanning tug'ilgan kuni. Igor Golban bugun 25 yoshga to'ldi.
 
Shu munosabat bilan futbolchimizni "Qo'qon-1912" FK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar , qo'qonlik futbol ishqibozlari nomidan tabriklaymiz. Unga uzoq umr. sihat-salomatlik tilaymiz.


"Andijon": Yangilarga raqamlar berildi

Tajribali hujumchi Anvar Berdiev, shuningdek, himoyachi Iqbol Boboxonov va yarim himoyachi Abdulloh Olimov ikkinchi davrada “Andijon”da o'tkazishadi. Bu futbolchilarni maydonda qaysi raqamlar ostida o'ynashi ham ma'lum bo'ldi.

Anvar Berdiev 13-raqam ostida to'p tepadi. Boboxonovga 5-raqam va Olimovga 30-raqamli futbolka berildi.

Shu jumladan tajribali himoyachi Ilhom Suyunovni ham jamoamiz safiga qo'shilishi kutilmoqda. Agar u ham ruyxatdan o'tkaziladigan bo'lsa, Suyunov 27-raqam ostida harakat qiladi.


"Neftchi": Bugun G'uzor sari yo'lga chiqamiz

Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Toshkentga qarab yo'lga chiqadi.

Murod Ismoilov boshchiligidagi jamoa oliy liganing 16-turida G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi. O'yin 2 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Jamoa bugun tunda poytaxtdan Qarshi shahriga poezdda jo'nab ketadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia