Vladimir Shishelov "Qizilqum" mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2014, 16:28
Tajribali hujumchi Navoiyning "Qizilqum" klubi tarkibiga qo'shildi.
Kecha "Qizilqum" klubi delegaciyasi Toshkentga yetib keldi. Bugun esa jamoa futbolchilari Chig'atoydagi “Futbol-MED” sport-sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.

Shishelov yangi mavsumni "oltin izlovchilar" safida boshlashga juda yaqin turibdi.

"Qizilqum" ertadan Navoiydagi yig'inni davom ettiradi. U yerdagi mashg'ulotlar 25 yanvarga qadar davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia