Klub futbolchi bilan o'zaro kelishgan holda legionerga javob berib yubordi. Futbolchi jamoani tark etar chog'ida, klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi.
- Vladimir, jamoani tark etayotgan ekansiz. Bu borada nima deya olasiz?
- Ha, klub bilan o'zaro kelishgan holda Dinamoni tark etayapman. Balki, jamoa o'yinimdan qoniqmagandir.
- Jamoa, xususan Samarqanddan qanday taasurotlar qoldi?
- Samarqanddan yaxshi taasurotlar oldim. Bu shahar haqida Ukrainada bo'lganimda ham ko'p eshitgandim. Shahar tarixiy obidalarga boy, chiroyli ekanligi bilan bir umr yodimda qoladi. Dinamo muxlislaridan ham minnatdorman. Afsus, birinchi davrada kutilgan o'yinlarni muxlislarga ko'rsata olmadik. Aslida yuqoriroq o'rinlarni band etishimiz kerak edi. Bu borada ikkinchi davrada Dinamoga omad tilayman.
- Dinamo ustidan FIFAga arz qilganingiz haqida ma'lumotlar yangragandi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
- FIFAga? Yo'q, bu haqda hech narsa bilmayman, men bunday ish qilganim yo'q. Bunga sabab ham ko'rmayapman. Shunchaki, klub bilan kelishgan holda shartnomani to'xtatdik.
- Boshqa jamoalardan taklif bormi?
- Davralar oralig'ida Buxoro mashg'ulotlarida ishtirok etgandim. Ushbu jamoadan taklif bor. Ikkinchi davrani aynan ushbu klubda boshlasam kerak.