Vitaliy Levchenko: "Buxoro" o'ziga munosib bo'lmagan joyda"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2025, 23:49
Superliganing 13-turi doirasida "Neftchi" - "Buxoro" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- Juda og'ir o'yin bo'ldi. "Buxoro" juda tartibli jamoa. Ularning so'nggi o'yinlarini inobatga oladigan bo'lsak, jamoa o'zi uchun munosib bo'lmagan joyda turibdi. Bugun ular yaxshi himoyalanishdi va o'z omadini qarshi hujumlarda izlab ko'rishdi. Ularning himoyasini yorib o'tish biz uchun oson bo'lmadi. O'yin yakunida g'alaba golini urib, 3 ochkoni olganimizdan xursandman.

- Jamoa futbolchilari o'yin yakunlanganidan keyin g'alabani muxlislar bilan nishonlamayapti. Bunga nima sabab bo'lmoqda? Shu narsani qaytarishni so'ragan bo'lardim.

- Bu savol menga emas. Har bir muxlisning o'ziga hom qarashlari, fikrlari bor. Haqiqiy muxlis jamoa g'alaba qozonsa ham, mag'lub bo'lsa ham futbolchilar bilan bo'lishlari, shu yerda ishlayotgan har bir personalga, murabbiylar shtabiga hurmatda bo'lishlari kerak deb hisoblayman. Bu mening fikrim. Shu sababli bu borada gapirish yoki fikr olib borish mening funksiyamga kirmaydi deb hisoblayman. Muxlislarga sabr tilayman, hali chiroyli g'alabalar keladi. Shunchaki yaxshi va yomon kunda ham biz bilan bo'lishlari va haqiqiy muxlis ekanligini ko'rsatishlari kerak.

- So'nggi o'yinlarda vaziyatlar kam yaratilmoqda, shu sababli gollar ham kamayib ketdi. Bunga issiq sabablimi yoki tarkibdagi legionerlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilar topilmayaptimi?

- Yuqori harorat bu tabiiy holat. Lekin o'tgan o'yinda bizda darvozabon bilan birga-bir holatdan ikki marta bo'ldi. Shu vaziyatlarni urganimizda hisob 2:0 bo'lgan bo'lardi va biz ikkita gol urgan bo'lardik. Bugungi o'yinni hisobga oladigan bo'lsak, raqib juda tartibli jamoa, o'yindagi vaqtning katta qismini himoyalanishga ajratdi. Balki ular o'z vazifalarini yaxshi bajarishgandir, lekin so'nggi daqiqalarda e'tiborning yo'qotilishi sababli biz g'alaba golini urib ketdik. Bu futbol, hozir hamma raqibini yaxshi taxlil qilmoqda, o'rganmoqda va shunga qarab o'yinini qurmoqda. Shu sababli buni normal holat sifatida qabul qilish kerak. Hozir murabbiylar shtabi raqiblarni yaxshi o'rganib, futbolchilarga istalgan raqibiga qarshi himoyada yaxshi o'ynab, hujumda imkoniyat qoldirmaslikka harakat qilishmoqda. Asosiysi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia