

- Bugun Lokomotivga nima bo'ldi?
- O'yinni zo'r boshladik, keyin himoyaga o'tib hisobni ushlab qolishga urindik. Qaysidir vaziyatda xotirjamlikka berilib gol o'tkazib yubordik.
- Tanaffusda Cherevchenko nima dedi. Ikkinchi bo'limda Loko umuman boshqacha o'ynadi?
- Birinchi taymdan g'azabda edi, kichik to'polon ko'tardi. Bu esa bizga yordam berdi, tanaffusdan keyin yaxshi o'ynadik.
- Sporting birinchi tur bilan solishtirganda shunchalik kuchayib ketdimi?
- Bugun Sporting emas biz o'zimiz ularga vaziyat yaratib berdik. Raqib xatolarimizdan foydalanib ketdi.
- Chorlukaning yo'qligi sezildimi?
- Uning yo'qligi bilindi desak xuddi bahonadek tuyuladi. Lokomotivda istalgan futbolchini o'rnini bosish mumkin. Shu bois bitta futbolchining yo'qligi mag'lubiyatga sabab bo'lmaydi, – deydi Denisov.



