Vitaliy Denisov: "2012 yilda men bilan "Verder" va "Liverpul" qiziqqan"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2016, 11:21
O'zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov "MATCH TV" telekanalidagi "Kult Tura" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi va 2012 yilda ingliz klubiga o'tishga yaqin kelganini aytdi.

 "Lokomotiv"ga o'tishimdan oldin menga Germaniya va Angliyadan qiziqish bo'lgan. Bu 2012 yilning oxiri edi. Angliyadan "Liverpul", Germaniyadan esa "Verder". "Verder" bilan nima bo'lganini bilmayman. "Liverpul"ga keladigan bo'lsak, men ularning ro'yxatida uchinchi yoki to'rtinchi edim. Ammo hech birimizni olishmadi va klub tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolandi" - deydi Vitaliy Denisov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia