Vitaliy Mutko: "Evro-2016da ishtirok etmaslik fojea"
Aslanov Jasurbek
27 iyun 2015, 19:47
Rossiya sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko "Rossiya-2" telekanalining efirida Rossiya terma jamoasining asosiy maqsadi Evro-2016da ishtirok etish haqida so'zladi.
"RFS ijro qo'mitasi bilan jiddiy suhbatlashish kerak. Kuchlarni birlashtirish kerak. Ayni damda terma jamoaning asosiy maqsadi Evro-2016 yo'llanmasi. Agar ishtirok eta olmasak - fojea bo'ladi" - deydi Mutko.