Vitaliy Denisov: "Mavsumni uchinchi o'rindan yuqoriroqda tugatishimiz mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 11:20
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov kechagi SSKAga qarshi bahsdan so'ng klub telekanaliga intervyu berdi.
"Bugun SSKAdan kuchsiz emasdik. Raqib to'liq ustunlikka ega bo'lmadi, bitta xatodan so'ng ular gol urishdi.

Mavsumni uchinchi o'rindan ham yuqoriroq o'rinda tugatishimiz mumkin edi. Biroq bu futbol, qayerdadir omad bizdan yuz o'girdi, qayerdadir bizga omad kulib boqdi.

Bu yil bir qator o'yinlarda muhim ochkolarni yo'qotdik. "Anji", "Krilya Sovetov", "Zenit" va "Spartak"ka qarshi bahslarda biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi.

Tanaffus vaqtida "Zenit"ning o'yini haqida qiziqmadingizmi? Yo'q. Biz faqat o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak edi.

Agar mavsum oldidan agar uchinchi o'rinni olasizlar deyishsa nima derdim? Bilmadim, ishtaxa ovqat paytida keladi. Futbolda oldindan taxmin qilib bo'lmaydi, endi biroz dam olib yozdagi mavsumoldi yig'inlarida yanada kuchliroq mehnat qilishimiz kerak. Keyingi mavsumda bundan ham kuchliroq bo'lishga intilamiz", - deydi Vitaliy Denisov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia