Vitaliy Denisov: "Bizga ham, "Gazovik"ka ham qiyin bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
30 apr 2015, 12:29
Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya kubogi yarim finali doirasidagi "Gazovik"ka qarshi o'yindagi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- "Gazovik" - oddiy jamoa emas. Birinchi liga klublariga qarshi o'yinlarda doim bor kuchlari bilan o'ynashadi. Ikkala bo'limda biz ustunlikka erishdik, "Gazovik"da ikkita zarba bo'ldi, ulardan biri golga aylandi. O'ylashimcha, bizga ham, raqibga ham oson bo'lmadi", - deydi Denisov Lokomotiv klubi rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net