Visente Del Boske: "Tanqidchilar bilan kurashmoqchimasman"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2014, 11:11
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske, omma bilan jamoasining kamchiliklarini hal qilishni xohlamayotganini tan oldi.
"Ispaniya terma jamoasining o'yin sifatiga ishonmaydigan tanqidchilar bilan kurashmoqchimasman. Hech kim bilan mushtlashmayman. O'zimni ko'p tanqid qilaman, ammo hammaga jamoa kamchiliklari haqida gapirishni yoqtirmayman. Iloji boricha o'yindagi yaxshi holatlarni gapirishga harakat qilaman, yomon taraflarni esa kiyinish xonasida aytaman" - deydi Del Boske.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru