Virc "Liverpul"da qaysi raqamni oldi?

Alisher Ostonov
2 avg 2025
"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virc 2025/26 yilgi mavsumda 7-raqam ostida o'ynaydi.

Avvalroq ushbu raqam ostida Luis Dias, Jeyms Milner, Luis Suares, Robbi Kin, Xarri Kyuell, Vladimir Shmicer va Stiv Makmanaman harakat qilgan.

Himoyachilar Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong 6 va 30-raqamlarni tanladi. Hujumchi Yugo Ekitike 22-raqamda, darvozabon Georgiy Mamardashvili esa 25-raqamda o'ynaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: liverpoolfc.com