Vinisius Junior Braziliya terma jamoasiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019, 10:16
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Panama va Chexiyaga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibni e'lon qildi.

Ushbu bahslar 23 mart va 26 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar
Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Ederson Moraes ("Manchester Siti"), Ueverton ("Palmeyras").
Himoyachilar: Dani Alves, Markinos i Tiago Silva (hammasi - PSJdan), Miranda ("Inter"), Danilo ("Manchester Siti"), Filipe Luis ("Atletiko") Eder Militao ("Portu"), Aleks Sandro ("Yuventus").
Yarim himoyachilar: Kasemiro ("Real"), Artur, Filippe Koutino (ikkalasi – "Barselona"), Lukas Paketa ("Milan"), Allan ("Napoli"), Fabino ("Liverpul"), , Felipe Anderson ("Vest Xem").
Hujumchilar: Roberto Firmino ("Liverpul"), Gabriel Jezus ("Manchester Siti"), Vinisius Junior ("Real"), Risharlison ("Everton"), Everton ("Gremio").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: globoesporte.globo.com