"Vilyarreal" "Uotford" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
31 dek 2020, 03:08
"Uotford" xavbeki Eten Kapu "Vilyarreal" a'zosiga aylandi.

Ispan klubi saytining xabar berishicha, 32 yoshli fransiyalik bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolangan.

Kapu "Uotford" safida 2015 yildan beri o'ynab kelayotgandi. Bungacha u "Tottenxem" va "Tuluza"da o'ynagan.

Kapu joriy mavsumda 11 ta uchrashuv o'tkazdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: villarrealcf.es