"Vilyarreal" "Rayo Valekano" yarim himoyachisini xarid qilmoqchi

Alisher
22 mar 2022
"Rayo Valekano" yarim himoyachisi Santi Komesanya "Vilyarreal"ga o'tishi mumkin.

Vilyarreal klubi 25 yoshli o'yinchi uchun 4 million evrolik shartnoma tayyorladi. "Rayo" uni erkin agentga aylangunga qadar sotishi mumkin.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Komesanya 2021/22 yilgi mavsum "Rayo Valekano" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS