Vilya: "Barselona" mavsum oxirida 3ta sovrinni qo'lga kiritadi"

Aslanov Jasurbek
29 may 2015, 21:44
"Nyu-York Siti" hujumchisi David Vilyaning fikricha, Kataloniya klubi mavsum oxirida 3ta sovringa ega chiqadi.

"Barselona" juda yaxshi formada. Ular "Bavariya"ni ishonch bilan mag'lub etdi. Men "Barselona"ga shunchaki omad tilamayman, ular o'zlari ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'alaba qozonishiga ishonaman. Bunday jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin, chunki "Barselona"ning har bir futbolchisi individual kuchli" - deydi Vilya.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com