Villian yangi klubga o'tishga yaqin

Alisher
11 iyul 2020
"Chelsi" hujumchisi Villian "Tottenxem"ga o'tishga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchi "shporlar" bilan kelishuvga erishdi.

"Chelsi" esa o'yinchiga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo tomonlar kelishuvga erisha olishmagan va forvard jamoadan erkin agent maqomida ketadi.

Villian joriy mavsum "Chelsi" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun