Villian uchun kurashda yetakchilik qilayotgan klub nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
27 apr 2020, 14:55
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian klubdan ketishga yaqin.

Braziliyalik futbolchi yangi mavsumni "Arsenal"da boshlashga yaqin turibdi. O'yinchi uchun "Barselona" va "Liverpul" klublari ham raqobatlashmoqda, ammo aynan "kanonirlar" o'yinchi uchun kurashda yetakchi hisoblanishadi.

Villian yozda erkin agentga aylanadi, shu sabab u boshqa klubga erkin agent maqomida yo'l olishi mumkin.

31 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Chelsi" libosida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN