Villian: "Neymarga nohaq qizil kartochka ko'rsatishdi"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2015, 15:18
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Villianning fikricha, uning jamoadoshi Neymar Kolumbiyaga qarshi o'yinda chetlatilgani nohaqlik bo'ldi.

Uchrashuv yakunlangan Neymar to'pga zarba berdi va to'p raqib futbolchisi Jeyson Muriloga tegdi. Hakam esa braziliyalikka qizil kartochka ko'rsatdi.

"O'ylashimcha, hakamlar Neymarni nohaq chetlatishdi. Kolumbiyaliklar uni turtdi, qizil kartochkani esa Neymar oldi" - deydi Villian.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com