Viktor Kumikov: "Nihoyat ikkita gol urganimiz quvontirdi"

Narzulla Saydullayev
7 may 2017, 10:21
"Olmaliq" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi jamoani mag'lub etdik. Ular osongina taslim bo'lishgani yo'q. Nihoyat bitta o'yinda 2ta gol urganimizdan xursandman. Keyingi bahslarda ham shunday davom etishiga umid qilaman.

"Dinamo" bejizga mavsumni g'alabalar bilan boshlamadi, ular bir qator o'yinlarda kuchli o'yin ko'rsatishgandi.

Bizning asosiy muammo - vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik", - deydi Viktor Kumikov.

"Olmaliq" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia