Viktor Gyokeresh – Portugaliya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025, 19:53
10 sentyabr kuni Liga Portugal Awards marosimida 2024/25 yilgi mavsum yakunlari sarhisob qilindi.

Bosh sovrin – eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan mukofotni "Sporting" sobiq hujumchisi Viktor Gyokeresh oldi. 27 yoshli shvetsiyalik futbolchi o'tgan mavsum chempionatning 33 o'yinida 39 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda u Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tdi.

"Benfika"ni 2 ochko ortda qoldirib, "Sporting"ni 82 ochko bilan chempionlikka etaklagan Ruy Borjes eng yaxshi murabbiy sifatida tan olindi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Cannon